
Neymar "Barselona"ga qaytadimi?!
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubi braziliyalik hujumchi Neymarning qaytishidan manfaatdor emasligini aytdi.
Avvalroq, Kataloniya klubi Lionel Messining transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, braziliyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
"Neymar? Uning nomi paydo bo‘lishi ajablanarli. Nazariy jihatdan Neymar bizning rejalarimizga kirmaydi.
U menga juda yoqadi, lekin bizda boshqa ustuvor maqsadlar bor”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ Neymarni transferga qo‘ygani haqida xabar tarqalgandi.
Fikrlar