Neymar "Barselona"ni sog‘inganini aytdi
PSJ forvardi Neymar o‘zining "Barselona"dagi faoliyatini yodga oldi.
“Biz ajoyib jamoa edik. Maydonda ham, uning tashqarisida ham. Biz o‘zaro juda yaqin munosabatlarda bo‘lganmiz. Ochig‘ini aytsam, men o‘sha damlarni sog‘indim”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Neymar “Barselona” safida 2013-2017 yillarda to‘p surgan. U ushbu vaqt mobaynida kataloniyaliklar safida 186ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 105ta gol hamda 71ta assist yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar