
Neymar: Meni yoqtirishadimi yoki yo‘q, shu erda qolaman!
Neymar muxlislar bilan munosabatlardagi muammolarga qaramay, PSJda qolish istagini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida PSJ muxlislari Neymarni sotishni talab qilib norozilik namoyishi o‘tkazgan edi. Ishqibozlarning bir qismi hatto braziliyalik futbolchining uyiga klubni tark etish haqidagi chaqiriqlar bilan borishgan.
“Men PSJda (keyingi mavsumda) qolishga umid qilaman. Mening shartnomam bor va hech kim menga hech narsa demadi.
Muxlislar va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar zo‘r bo‘lmasa ham, ular menga yoqadimi yoki yo‘qmi shu erda qolaman”, - dedi hujumchi Caze TV telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar