
Neymar PSJ muxlislarining g‘azabini qo‘zitdi
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar jamoa muxlislari futbolchilar bilan muddatidan oldin qo‘lga kiritgan chempionlikni nishonlamay, maydonni tark etganiga izoh berdi.
Parijliklar “Lans” bilan uchrashuvda 1:1 hisobida durang o‘ynab, chempoinat yakunlanishiga to‘rt tur qolganida 10-chempionlikni rasmiylashtirdi. O‘yin yakunlaymay terib, parijlik muxlislarning aksariyati tribuni tark etdi.
Bu aktsiya PSJning Chempionlar ligasini erta tark etganidan norozilik sifatida uyushtirildi. O‘yindan keyin Neymar bunga munosabat bildirdi.
- Muxlislarning tribunani erta tark etgani g‘alati. Ular hushtakbozlik qilishdi. Mening shartnomam tugashiga hali uch yil bor. Ular menga hushtak chalib charchab qolishi aniq, - dedi Neymar.
Braziliyalik yulduz joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga oltita golli pas berdi.
Fikrlar