Neymar PSJ rahbariyatidan Koutinoni sotib olishni so‘ramoqda
PSJ klubi forvardi Neymar jamoa rahbariyatidan "Barselona"dagi hamyurti Filippe Koutinoni Parijga olib kelishni so‘ramoqda.
Paris United nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rahbariyat ham ushbu iltimosga javoban 26 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olishga rozilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar rahbariyati mavsumlar oralig‘ida Koutinoni sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ular ushbu futbolchini 100 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Barselona” safida jami La Ligada jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar