
Neymarga noxush xabar aytishdi
To‘rt oy davomida jarohatini davolatgan Neymar PSJ qarorgohiga kelib, mashg‘ulotlarga kirishishdan oldin tibbiy ko‘rik va turli testlardan o‘tdi.
O‘tkazilgan tekshiruvlar 31 yoshli futbolchi tez orada mashg‘ulotlarga kirisha olmasligini ko‘rsatdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar tarqatdi.
Neymarning AQSh kasalxonalaridan biridagi reabilitatsiya jarayonida oxirlab qoldi. Hujumchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida jamoasiga yordam bera olmagan edi.
PSJ rahbariyati futbolchi iyul oyi davomida bosqichma-bosqich mashg‘ulotlarga kirishishini kutayotgan edi. Biroq, tibbiy tekshiruvlarning natijasi salbiy bo‘ldi.
Fikrlar