Neymarga qiyin bo‘ldi

  • 19 aprel, 2023, 18:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning braziliyalik legioneri Neymar ayni paytda jarohatini davolatish bilan band.

Tecno

Le Parisien nashrining yozishicha, ayni paytda tajribali hujumchi o‘z yurtida hordiq chiqarmoqda. Manba Neymar aprel oyi oxirida Parijga qaytishini tasdiqladi.

Neymar klubga kelgani bilan mashg‘ulotlar va o‘yinlarda qatnasha olmaydi. U kelasi mavsumga tayyorgarlik ko‘radi. Tizzadan olgan jarohatini davolash uchun ancha vaqt sarflashi lozim.

31 yoshli futbolchi joriy mavsumda PSJ safida 29 ta uchrashuv o‘tkazib, jami 18 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga 17 ta golli pas uzatdi.

Klub mutasaddilari 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini yozda sotib yubormoqchi edi. Biroq, jarohat tufayli Neymarga xaridor chiqishi amrimahol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!