
No‘’mon Hasanov "Xo‘jand"dan ketdi
1 may kuni Tojikistonning “Xo‘jand” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan hamyurtimiz No‘’mon Hasanovning u erdagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi.
Bugun, 8 iyun kuni “Xo‘jand” klubi matbuot xizmati Hasanovning jamoa bilan xayrlashganini e’lon qildi. Bunga murabbiyning oilaviy sabablarga ko‘ra shunday qarorga kelingani aytildi.
No‘’mon Nurmatovich “Xo‘jand” bosh murabbiyi sifatida 6 ta o‘yin o‘tkazdi. Natijalarga kelsak, 1 g‘alaba, 1 durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etildi. Jamoani endi vaqtinchalik katta murabbiy Farruh Marofiev boshqarib turadi.
Qolaversa, xabarda “Xo‘jand” klubi No‘’mon Hasanovga minnatdorchilik bildirib, murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tiladi.
Fikrlar