"Norvich"ga qarshi o‘yinda Markus Reshford MYu tarixiga kiradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" kecha oqshomda Angliya kubogi doirasida "Manchester Siti" bilan bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvga mankunianliklarni maydonga Markus Reshford sardor sifatida boshlab tushdi.

Klub rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli hujumchi uchun ushbu o‘yin 199-o‘yin bo‘ldi. Agar u "Norvich"ga qarshi o‘yinda maydonga tushsa, unda u MYu libosida 200 ta o‘yin o‘tkazgan 100-futbolchiga aylanadi.

"Ochig‘i barchasi juda tez yuz berdi. MYu safida maydonga tushish, bunday natija qayd etish, albatta, faxr tuyg‘usini beradi, biroq agar o‘sha o‘yinlarda g‘alaba qozona olmasak, unda bu men uchun xech qanday ahamiyat kasb etmaydi", - deydi Reshford.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!