Nursulton Team klubi a’zosi Gruziyada jang qiladi

  • 26 aprel, 2022, 17:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

21 may kuni Gruziyada katta MMA kechasi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur jang oqshomida hamyurtimiz Kamoliddin Mamajonov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Tecno

Yurtdoshimizga mezbonlar vakili Mixail Sadjiniani raqiblik qiladi. Ushbu jang yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. Xabaringiz bor, Kamoliddin Mamajonov Nursulton Team klubi a’zosi va u Bekzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi. U so‘ngi jangini 10 aprel kuni Sankt-Peterburgda rossiyalik Maksim Tkachenkoga qarshi o‘tkazib, 1-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, Kamoliddin Mamajonovning professional rekordi 5-1 bo‘lsa, Sadjinianining ko‘rsatkichi 7-2 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!