
“Nyukasl” eng zo‘r darvozabonni olib keladi
Angliya premer-ligasidagi joyini saqlab qolish uchun tarkibini kuchaytirayotgan “Nkasl” dunyoning bugungi kundagi eng kuchli darvozabonlaridan hisoblangan Keylor Navasni olib kelmoqchi.
Kostar-rikalik darvozabon faoliyati davomida o‘z yurtida olti marotaba chempion bo‘lgan. Evropaga kelganidan keyin Ispaniya chempionatida “Albasete” va “Levante” darvozalarini qo‘riqlagan. 2014 yili “Real”ga ko‘chib o‘tib, Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi. Madridliklar safida uch bor Chempionlar ligasi, ikki marta UEFA Superkubogi va to‘rt bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylandi.
Keylor Navas 2019 yildan buyon PSJ darvozasini qo‘riqlamoqda va Frantsiya chempioni hisoblanadi.
Tajribali darvozabon joriy mavsumda 17 marotaba maydonga tushib, beshta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar