"Nyukasl" mundialda o‘ynagan hujumchini sotib oldi

  • 06.07.2026 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nyukasl» klubi tarkibida yana bir yosh va iste’dodli hujumchi paydo bo‘ldi. Angliya jamoasi rasmiy saytida xabar berilishicha, klub ivuarlik qanot hujumchisi Bazumana Tyure bilan shartnoma imzoladi.

20 yoshli vinger Germaniyaning «Xoffenxaym» jamoasidan sotib olindi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 50 million yevro atrofida bo‘lgan. 

«Qarg‘alar» shartnoma muddati borasida aniq ma’lumot ochiqlamadi, ammo klub bayonotida kelishuv uzoq muddatli ekani ta’kidlangan.

Kot-d’ivuarlik futbolchi 2025 yil fevral oyidan beri Germaniya chempionatida to‘p surib kelayotgan edi. «Xoffenxaym» safida Tyure 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Tyure 2026 yildagi jahon chempionatida o‘z mamlakati terma jamoasi safida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, lekin samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasining yangi mavsumi 21 avgust kuni start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!