O'zbekistonning mundialda yana bir yoqimli natijasi e'lon qilindi

  • 23.06.2026 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatida debut qilayotgan barcha terma jamoalar qatorida musobaqa tarixidagi gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi. 

X ijtimoiy tarmog‘idagi ommabop B/R Football sahifasi qiziqarli bir holatga e’tibor qaratdi: jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan to‘rtta terma jamoaning barchasi musobaqada o‘zining tarixiy birinchi golini urdi. 

Bu ro‘yxatdan Kyurasao, Iordaniya, O‘zbekiston va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev mualliflik qildi. U Kolumbiyaga qarshi guruh bosqichi uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Fayzullaevning goliga qaramay, o‘yin 1:3 hisobida kolumbiyaliklar foydasiga yakunlandi. 

Bundan tashqari, Abbosbek Fayzullaev XXI asrda jahon chempionatlarida boshi bilan gol urgan eng bo‘yi ast futbolchi sifatida ham rekord o‘rnatdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!