OAV: Zinchenko "Manchester Siti" bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi

  • 20.06.2019 12:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko yana APLda to‘p surishda davom etadi.

Tecno

Xorij OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ukrainalik futbolchi “shaharliklar” bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirgan. Angliya chempioni ushbu xabarni bugun rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, uning avvalgi kelishuvi 2020 yilga qadar tuzilgan edi.

Ma’lumot uchun, Zinchenko “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!