Obameyang bizga kerakmas!

  • 9 oktabr, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ rahbariyati yaqinda “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyangni olmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq parijliklar tajribali o‘yinchi bilan transfer masalasida muzokara boshlagani haqida xabar tarqatilgan edi.

Aslida Obameyang “aristokratlar” safiga avvalgi bosh murabbiy Tomas Tuxel taklifiga binoan 12 million evroga transfer qilingan. Biroq, “Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli germaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqarib yubordi.

33 yoshli hujumchi shundan so‘ng, jamoadagi kelajagi borasida xavotirga tushib qoldi. Hozirgi bosh murabbiy Grem Potter tajribali futbolchini to‘rtta o‘yinda maydonga tushirdi. Bunga javoban Obameyang ikkita gol urib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!