
Obameyangga nima va’da qilishyapti?
"Arsenal" klubi o‘zining gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgani haqida xabar berib o‘tgan edik.
Italiyalik jurnalist Nikola Skira o‘z tvitter sahifasida ushbu shartnoma shartlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, “kanonirlar” 30 yoshli futbolchi uchun 2023 yilgacha shartnoma va yiliga 12 mln evro maosh taklif qilmoqda.
Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar