
OChL. "Nasaf" joy olgan guruhdagi ikkinchi o‘yin ham yakunlandi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Al-Sadd" - "Al-Faysali" bahsi yakuniga etdi. Unda qatarliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 45+2-daqiqada Pedro Migel hisobiga qayd etildi. Saudiyaliklar bu bahsda gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Shu tariqa, Grasiya shogirdlari 6 turda 7 ochko bilan 3-pog‘onanadan joy oldi. "Al-Faysali" hisobidagi 9 ochko o‘zgarishsiz qoldi va klub "Nasaf" bilan o‘zaro o‘yindagi ustunlik sabab 1-o‘rinni band etdi. "Nasaf" xuddi shuncha ochko bilan 2-o‘rin sohibi sifatida pley-offga yo‘llanma oldi.
Fikrlar