OChL. “Persepolis” safarda “Al Vasl”ni mag‘lub etdi
Hozirgina “Nasaf” joylashgan C guruhidan o‘rin olgan ikkinchi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda BAAning “Al Vasl” klubi o‘z maydonida Eronning “Persepolis” jamoasini qabul qildi.
Mazkur o‘yinning 37-daqiqasida Kamoliddin Kamyabinia tomonidan kiritilgan yagona forslarga g‘alaba keltirdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Persepolis” jamg‘argan ochkolar soni 9 taga etdi. “Al Vasl” esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
OChL. 4-tur
“Al Vasl” – “Persepolis” 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: Kamyabinia (37).



Fikrlar