OChL. "Super himoya!" "Paxtakor"alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich birinchi turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Sepaxon" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu bahsda eronliklar 3:1 hisobida vakillarimizdan ustun keldi.
Dastlab, "sherlar" tarkibida Dragan Cheran 28-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi taymning ilk 10 daqiqasida Mug‘anlu dubl qayd etib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Hussayni hisobni ishonlchi ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, poytaxtliklar OChLdagi yurishini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Fikrlar