
Odil Ahmedov “Tyantszin Teda”ga qanchaga tushgani va qachongacha o‘ynashi aniq bo‘ldi!
Xitoy chempionati peshqadami “Shanxay SIPG” O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovni musobaqa autsayderi “Tyantszin Teda” jamoasiga ijaraga bergani ma’lum bo‘ldi.
Odil Ahmedov yangi jamoasi tarkibida 2020 yilning 31 dekabriga qadar o‘ynaydi. Aynan shu sanada 32 yoshli futbolchimizning “Shanxay SIPG” jamoasi bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga qaraganda, “Tyantszin Teda” o‘zbekistonlik legionerni ijaraga olish uchun “Shanxay SIPG” jamoasiga 62 ming evro to‘lagan.
Odil Ahmedov Xitoy Chempionatida 2017 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. U shanxayliklar tarkibida jami 104 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta gol urgan.
Agar legionerimizga 2021 yil oldidan Xitoy jamoalaridan boshqa taklif bo‘lmasa, faoliyatini “Navbahor”da davom ettirishi mumkin.
Fikrlar