
Odiljon Hamrobekov: Hujumchisiz 3 ta o‘yinda maydonga tushdik va bu muammoni echishga urinyapmiz
Osiyo kubogida pley-off bahslari start oldi. Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailand bilan kuch sinashadi. Bugun jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz etakchilaridan biri Odiljon Hamrobekov ishtirok etdi.
- Bizni tartibli jamoaga qarshi o‘yin kutmoqda. Murabbiyimiz aytganidek biz uchrashuvga tayyormiz.
Birinchi o‘rinda ertangi Tailandga qarshi o‘yinni o‘ylayapmiz. Keyingi bosqichlarda raqib kim bo‘lishini bilmaymiz. BAA va Tojikiston uchrashuvida bitta bahsda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini ko‘rdik. Ko‘pchilik BAAning ustunligini tahmin qilgandi. Lekin unday bo‘lmadi. Tojikiston terma jamoasini tabriklaymiz. Biz ham oddimizga maksimal darajada reja qo‘yganmiz. Shu maqsadimiz sari harakatni davom ettiramiz.
Jarohatlari jiddiy bo‘lgan futbolchilarimiz klublariga qaytishdi. Jarohati jiddiy bo‘lmagan va tuzalish ehtimoli bor bo‘lgan futbolchilar shu erda. Ularga shifokorlar yordam ko‘rsatmoqda. Futbolchilarning oldimizda bo‘lib turgani ular uchun ham, biz uchun ham ruhan foydali.
Ular guruh bosqichida gol o‘tkazib yubormadi. Bu ularning tartibli o‘yin ko‘rsatishini anglatadi. Bizning jismoniy holatimiz yaxshi. Umuman olganda, ikki tomonning jismoniy holati maydonda bir xil bo‘ladi. Hujumchisiz o‘ynash muammomasmi? Hujumchilarsiz 3 ta o‘yinda maydonga tushdik va bu muammoni echishga urinyapmiz, - dedi Odiljon Hamrobekov.
Fikrlar