
O‘FA "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi hakamligi, Solovevning haqorati va yana 2 ta holatni ko‘rib chiqadi
PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida Superliga 1-turiga oid ayrim ma’lumotlarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra Superliganing ilk turi yakuniga etdi. Ko‘p voqealar bo‘lib o‘tdi. Hafta boshida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- "Paxtakor" — "Navbahor" uchrashuvi hakamligi bo‘yicha O‘FA Hakamlik-inspektorlik qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazadi. Avvalroq bu ish bir hafta muddat ichida ko‘rib chiqilishi haqida yozgandik.
"Navbahor"ning rossiyalik legioneri Ivan Solovev O‘FA hakamiga nisbatan haqoratli fikr bildirgan. Bu masala Etika qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
"Qizilqum" — "Nasaf" uchrashuvida mezbonlar shtabi texnik zonada uyali aloqa vositasidan foydalangan hamda reglamentning 9.13 bandini buzgan. Bunga nisbatan chora ko‘riladi.
"So‘g‘diyona" klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev "Mash’al"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etmagan va reglamentning 9.17 bandini buzgan. Bunga nisbatan chora ko‘riladi.
Izoh. "Surxon" futbol klubi Pro litsenziyasi mavjud murabbiy topguniga qadar, bir oylik muddat olgan. Shu vaqt ichida matbuot anjumanlarida katta murabbiy Shavkat Abduxo‘jaev ishtirok etadi, - deya yozib qoldirdi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar
Alijonovlarga ham chora korilishi kerak. Sal qolsa hakamni urishardi yaxshi ham g'alaba qozonib hakam kaltakdan quruq qoldi
Бунака вактда хакикат панада колиб кетаркан.
Диёр бошида хакикатни юзага чикараман деб ишидан айрилди.
Соф журналист булганда еди далше давом етарди.
Диёрни олдида 2 та юл бор еди ,ёки халк бн булиб хакикат учун куращиб хеч нарсага еришаолмаслик.
Ёки УФА ёгли иш ва катта маош олиб жим юрищ.
Ну лекин тугри килди.
Диёр ни узи шу юлни танлади,чунки Бир узи хеч нарса килаолмасди
Shu ariza yozilsa.uzbekistonni 1-2 yilga musobaqalardan chetlatsa yahshi bulardi.
Shundoq ham TOSHKENT respublikasi hech qanday sovrinlar yutolmayapti futbolda
"хоромхурларга каранавирус юктирсин худоим"
деб фикр колдираверайлик, бошка хеч кандай фикр колдирмайлик. Шунда оллохдан куркиб, халк газабидан куркиб халолликка утишар. Фикр колдирган сайин бу ифлослар халк устидан куляпди.
"хоромхурларга каранавирус юктирсин худоим"
деб фикр колдираверайлик, бошка хеч кандай фикр колдирмайлик. Шунда оллохдан куркиб, халк газабидан куркиб халолликка утишар. Фикр колдирган сайин бу ифлослар халк устидан куляпди.
Loko bilan uyindan oldin stadionda prizidentga shikoyatnoma yozib uqish kerak.
Pramoy efirda quyish kerak butun uzbekistonga