
OFK kubogi. Gollar shousiga aylangan uchrashuvda "So‘g‘diyona" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
OFK Kubogi 2-turidan o‘rin olgan SSKA - "So‘g‘diyona" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jizzaxliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.
"Bo‘rilar" safida Shohruz Norxonov dubl qayd etgan bo‘lsa, Jasur Hasanov o‘z nomiga bir golni yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar tarkibida Elchibek Rashidbekov hamda Hurshed Jo‘raev Mitrovich darvozasini ishg‘ol etdi.
Shu tariqa, Baqoev shogirdlari ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi.
Fikrlar