OFK Prezidenti O‘FA rahbari Abdusalom Azizovga tabrik yo‘lladi

  • 18 iyul, 2019, 12:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK Prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning O‘FA Prezidenti Abdusalom Abdumavlonovich Azizovga yo‘llagan tabrigi.

Tecno

Hurmatli, Prezident

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan mamnunman.

Sizning ushbu lavozimga loyiq ko‘rilganingiz o‘zbek futbol oilasining sizga nisbatan katta ishonch va umid bildirishining isbotidir.

Siz, O‘zbekistondek go‘zal yurtda futbolning yanada rivojlanishiga ulkan xissangizni qo‘shishingizga ishonchim komil.

Men va Osiyo futbol konfederatsiyasi faoliyatingizni hamma tomonlama qo‘llab quvvatlashini va yaqin vakt ichida siz bilan uchrashish niyatida ekanligimni ishontirib aytmoqchiman.

Eng ezgu tilaklarimni qabul qiling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!