O‘n bir nafar dzyudochimiz Osiyo chempionatining medallari uchun tatamiga chiqadi

CHERY AUTO

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kungi saralash bahslari yakuniga etdi. 

Tecno

Bugun o‘g‘il bolalar o‘rtasida -60, -66, 73 kg, qizlarda esa -48, -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi medallar yo‘lida bahslarga kirishgandi. Ulardan 11 nafari kechki final dasturida Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi. 

Ettita vazndan 6 tasida dzyudochilarimiz oltin medal uchun kurashadi. Final dasturi bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!