O‘runov “Spartak” bilan shartnomasini bekor qilmoqchi
"Spartak"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Oston O‘runov klub bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi moskvaliklar bilan kelishuvni buzsa-da, bu yilga moshini to‘liq olmoqchi. Futbolchining yillik maoshi miqdori taxminan ikki million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq O‘runov "Ximki"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Oston mazkur jamoaga o‘tish uchun moshini sezilarli darajada kamaytirishga ham tayyor.
O‘runovning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi 2020 yilda “Ufa”dan moskvaliklar safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Oston o‘tgan mavsum “Spartak”ning RPL doirasidagi sakkizta o‘yinda maydonga tushgan.



Fikrlar