
Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston termasi Braziliya, Senegal va yana 2 ta jamoa bilan o‘ynaydi!
Shu yilning mart oyida yurtimizda tashkil etilgan U-20 Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritib, jahon chempionatiga yo‘l olgandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, kichik mundialga tayyorgarlik ko‘rish uchun hamyurtlarimiz Ispaniyada bo‘ladigan turnirda ishtirok etadi. 15-27 aprel kunlariga belgilangan musobaqada O‘zbekiston U-20 terma jamoasidan tashqari, finaldagi raqibimiz Iroq, Braziliya, Senegal va Dominikan Respublikasi qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may-iyun oylari Indoneziyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jahon chempionati ayrim sabablarga ko‘ra boshqa davlatga ko‘chirilishi rasman e’lon qilingandi.
Fikrlar
Узбекистон
Сурия
Тайланд