
Osiyo kubogi. O‘zbekiston Tailandni engib, chorak finalga yo‘l oldi. Keyingi raqib - mezbon Qatar terma jamoasi!
Osiyo kubogi nimchorak finali doirasida O‘ZBEKISTON va Tailand terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Aziz Turg‘unboev va Abbos Fayzullaev mualliflik qildi. Nominal mehmonlarning yagona golini Sarachat chiroyli tarzda kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi. Keyingi bosqichda "oq bo‘rilar"ga mezbon Qatar terma jamoasi raqiblik qiladi.
Fikrlar