Oston O‘runov Rossiyaning boshqa klubiga o‘tadi

  • 10 avgust, 2022, 18:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov “Ximki”ga o‘tishi mumkin, deb xabar berdi “Eurostavka.ru” nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Moskva yaqinidagi klublardan biriga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.

Qayd etilishicha, “Ximki” Oston bilan shartnoma imzolash uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinishini kutmoqda.

O‘runovning Moskva klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!