
Oston O‘runovning jamoasi jiddiy jazolanishi mumkin
Rossiyalik sobiq futbolchi Dmitriy Sennikov fikricha, Rossiya Superkubogiga boykot qilingan taqdirda “Spartak” jazolanishi kerak.
“Zenit” bilan o‘yin 9 iyul kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
"Bu erda kim haq yoki kim nohaqligini ayta olmayman. Superkubok uchun o‘yinni ma’lum bir stadionda oldindan belgilashingiz kerak, shunda hech qanday savol bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, bu sportga xos emas. O‘yinni boykot qilganlik uchun qandaydir tarzda jazo berilishi kerak.
Bu bir lahzada Superkubokda o‘ynashdan bosh tortadigan bolalar yoki ko‘cha futboli emas. Buning uchun chempionatda olti ochkoni olib qo‘yish kerak. Yana ba’zi choralar ko‘rish kerak. Men reglamentni bilmayman. Balki "Spartak"ning ikki yoki uch mavsumga Superkubokdan chetlatish ham mumkindir.
Aar Angliyada jamoa maydonga tushishdan bosh tortsa, shunchaki, kamida olti ochkodan mahrum bo‘lardi”, - dedi Sennikov.
Bundan avvalroq “Spartak” Rossiya futbol ittifoqiga Superkubok bahsini 16 iyul sanasiga ko‘chirishni va “Lujniki” stadionida o‘tkazishni so‘rab murojaat yo‘llagan edi.
Fikrlar