Oston O‘runovning Rossiya futbolidagi "ishongan tog‘i" sobiq klubiga qaytdi

Taniqli futbol mutaxassisi Shamil Gazizov "Ufa" klubi bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari ushbu lavozimda ishlab kelgan Rinat Shaybekov esa ijrochi direktor lavozimida ishlaydigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ma’lumot uchun, Gazizov 2020 yil yozda "Ufa"ni tark etib, "Spartak" klubi bosh direktoriga aylangan edi. Dekabrda esa Moskva klubidagi lavozimidan ozod etildi. U "Ufa"dagi faoliyatida Oston O‘runovni klubga chorlagan va keyin o‘zi bilan birga "Spartak"ga olib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!