
Oybek Qilichev endi "Lokomotiv"da o‘ynaydi!
Yaqinda Osiyo Chempionlar ligasining dastlabki pley-off bosqichidan sharmandali tarzda chiqib ketgan “Lokomotiv” klubiga yana yangi futbolchi qo‘shildi. O‘tgan mavsumni “Andijon”da o‘tkazgan yarim himoyachi Oybek Qilichev joriy chempionatni temiryo‘lchilar tarkibida o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.
Klub ushbu o‘yinchi bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Yaqinda “Lokomotiv”ning asosiy tarkibi bilan o‘rinbosarlar jamoasi o‘rtasida o‘tkazilgan nazorat bahsida Qilichev gol urganini ham ta’kidlash joiz. Futbolchi faoliyati davomida "Traktor", "Paxtakor", "Navbahor", AGMK hamda "Andijon" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar