O‘z maydonida omadi yurishmagan Rossiya termasi futbolchilari qaerda dam oladi?

  • 29 iyun, 2017, 09:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida o‘tayotgan musobaqada Portugaliya va Meksika futbolchilariga mag‘lub bo‘lgan holda Konfederatsiyalar kubogini yakunlagan edi. Ikki mag‘lubiyatga qaramay rus futbolchillarining maydondagi harakatlari millionlab muxlislarda ijobiy tassurot uyg‘ota oldi.

Tecno

Xo‘sh, Rossiya terma jamoasi a’zolari Konfederatsiya kubogidan keyin qaerga ketishadi?

Denis Glushakov - konfederatsiyalar kubogidan keyin Rossiyadan ketishni xohlamadi va Sochida dam olishni afzal ko‘rdi. Denis instagramdagi sahifasi orqali muxlislariga qo‘llab-quvvatlab turgani uchun alohida minnatdorligini bildirdi.

Aleksandr Samedov esa Turkiyaga yo‘l oldi. U bilan birgalikda turmush o‘rtog‘i,bolalari sohilda dam olishni allaqachon boshlab yuborishdi.

Konfederatsiyalar kubogidan bo‘lgan Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan 23 yoshli Roman Zobnin esa to‘p bilan ishlay boshladi. U hozir mashg‘ulotlar bilan band.

Rossiya terma jamoasi tarkibidagi uchta chiroyli gollardan birining muallifi Fedor Smolov shuningdek, Glushakov ham Rossiyada qoldi. Ular ona shahri Saratovga qarab yo‘l olishdi.

Shaxzoda Abdullaeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!