O‘zbekiston ayollar terma jamoasi so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Hindistonni mag‘lub etdi

  • 28 mart, 2023, 20:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston va Hindiston ayollar terma jamoasi kuch sinashdi. 5 ta gol kiritilgan bahsda omad vakilalarimizga kulib boqdi - 3:2.

Tecno

Hamyurtlarimiz safida gollarga Diyora Xabibullaeva, Lyudmila Karachik (penaltidan) va Kamila Zaripova mualliflik qildi. Raqiblarning ikki goli Greys Dangmei hamda Indumanti Katiresan hisobiga yozib qo‘yildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Midori Xonda boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoamiz 5 aprel sanasidan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining Osiyo qit’asi saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etadi. Unda vakilalarimizga Butan, Timor-Leshte va Iordaniya termalari raqiblik qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!