O‘zbekiston kubogi finali Toshkentda o‘tkazilishi mumkin
Xabaringiz bor, O‘zbekiston kubogi yangi mavsum final uchrashuvi mezbonin aniqlash jarayoni boshlangan. Avvalroq, AGMK Coca Cola kubogi-2021 ni qabul qilish uchun ariza topshirgani haqida xabar bergan edik.
Endi "Bunyodkor" ham hal qiluvchi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazilishini istamoqda. Bu haqda O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, arizalar 14 mart sanasiga qadar qabul qilinadi. Qur’a tashlash marosimi 18 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar