
O‘zbekiston MTJning Avstraliyaga qarshi uchrashuv oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi 3-turida Avstraliya bilan kuch sinashadi. Bugun uchrashuv oldidan jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Srechko Katanets jamoadagi yo‘qotish borasida ham to‘xtalib o‘tdi.
Murabbiyning aytishicha, Sherzod Nasrullaev Avstraliya bilan bahsni o‘tkazib yuboradi. Murabbiy buning sababini aytmadi.
Eslatib o‘tamiz, undan avvalroq, Eldor Shomurodov, Husniddin Aliqulov, Hojiakbar Alijonov jarohat olgandi.
Fikrlar