O‘zbekiston MTJning yana bir futbolchisi uchun Osiyo kubogi tugadimi?

  • 22 yanvar, 2024, 15:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstraliyaga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets shogirdi Sherzod Nasrullaev bo‘lajak bahsni o‘tkazib yuborishini aytdi. Murabbiy buning sababini aytmadi. 

SPORTS.uz sayti futbolchining salomatligi borasida uning o‘zidan ma’lumot oldi. Nasrullaevning bildirishicha, u Dubaydagi yig‘in chog‘ida belini shamollatib olgan. Qatardagi Osiyo Kubogi uchrashuvlarida og‘riq bilan maydonga tushgan. Shu bois Sherzodning belidagi og‘riq jiddiyroq bezovta qilgani bois Hindiston bilan o‘yinda o‘zini almashtirishni murabbiydan so‘ragan.

IMG_1647

Shuning uchun himoyachi Avstraliyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Uning hozircha, qachon maydonga qaytishi so‘roq ostida.

Eslatib o‘tamiz, undan avvalroq, Eldor Shomurodov, Husniddin Aliqulov, Hojiakbar Alijonov jarohat olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!