O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz Qatar U-23 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi (foto)

  • 6 mart, 2024, 12:15
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Dohada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.

Timur Kapadze shogirdlari yig‘in doirasida Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi. Bellashuvlar 23 va 26 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, olimpiya terma jamoamiz Parij olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim etuvchi Osiyo kubogida ishtirok etadi. Mazkur musobaqa 15 apreldan 3 mayga qadar davom etadi. Turnirda vakillarimiz "D" guruhidan joy olgan bo‘lib, kvartetda Vetnam, Quvayt va Malayziya U-23 termalari bilan kuch sinashiladi. 

o‘zb23

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!