O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun AGMK bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi

  • 17.03.2019 14:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi futbolchilar yig‘in davomida "Bunyodkor"ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bugun olimpiya terma jamoamiz Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida soat 16:30da boshlanadi.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Vakillarimiz saralash bahslarida Hindiston va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!