
O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi uchun qaydnomasi e’lon qilindi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 yanvar kuni Qatar mamlakatida start oladigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.
2 yanvar kuni jamoamiz turnirga so‘nggi tayyorgarlik jarayonini o‘tkazish uchun Dohaga yo‘l oladi. 7 yanvarda O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi yopiq mashg‘ulot o‘yinini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Srechko Katanets boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan Osiyo kubogi oldidan terma jamoamizning 28 kishidan iborat ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu tarkib Qatarga yo‘l oladi va ulardan 26 nafari turnirda ishtirok etadi.
Fikrlar