
O‘zbekistonda yana bir professional boks oqshomi tashkil etiladi
Habaringiz bor bir nechta o‘zbekistonlik bokschilar Vetnamning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi mijozlari hisoblanadi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 30 may kuni ushbu kompaniya O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bilan hamkorlikda boks kechasi tashkil qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Kechada o‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Olimjon Nazarov o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental kamarini himoya qiladi. Shu bilan birgalikda, engil vazn toifasida (61,2 kg) janglar o‘tkazuvchi boshqa bir bokschimiz Abdurasul Ismoilov (8-1, 5KO) ham reyting jangida ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Qolaversa, 17 aprel kuni mazkur kompaniya tomonidan Vetnamda o‘tkaziladigan shouda Ravshanbek Shermatov (5-1, 2KO) va Abdulaziz Najmiddinov (6-0, 6KO) o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Hozircha ularga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar