O‘zbekistonga yordam berolmagan Husanovning ahvoli qanday? Uni maydonda ko‘ramizmi?

  • 15 sentabr, 2024, 22:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sentyabr oyiga belgilangan FIFA kunlari munosabati bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirtirilgan Abduqodir Husanov 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Qirg‘iziston futbolchilariga qarshi o‘tkazilgan ikki uchrashuvda qatnasha olmadi.

Tecno

20 yoshli markaziy himoyachida kichik jarohat aniqlangani bois terma jamoa rahbariyati uni “Lans”ga qaytarib yuboribdi.

“Lans” va “Lion” uchrashuvi Frantsiya chempionatining to‘rtinchi turini yakunlab berishi kerak. Ayni paytda Abduqodir Husanovning ahvoli va bo‘lajak bahsda qatnashish imkoniyati ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Frantsiya futbolini yoritayotgan manbalar o‘zbek futbolchisining o‘yini darajasi va bo‘lajak bellashuvda ishtirok etish imkoniyatini quyidagicha baholamoqda.

LE11HDF.FR:

“Lans” futbolchilari terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro musobaqalardan qaytganidan keyin bosh murabbiy Uill Stillning tarkib tanlash va rotatsiya imkoniyatlari cheklandi. Ayrim o‘yinchilarda kichik jarohatlar kuzatildi.

Demak, tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Janubiy Amerikadan kech qaytgan ekvadorlik Joanner Chaves chap qanotdagi o‘rnini Deyver Machadoga bo‘shatib beradi. Kevin Danso hamon safga qaytgani yo‘q. Himoya markazi yana Abduqodir Husanovga topshiriladi.

“Lans”ning “Lion”ga qarshi himoya uchligi Jonatan Gradit, Abduqodir Husano va Fakundo Medinadan tarkib topishi kutilmoqda.

OUEST-FRANCE.FR:

Kevin Dansoning “Roma”ga transferi barbod bo‘lgani himoya markazida avstriyalik futbolchi o‘rnini egallashi kutilgan Abduqodir Husanovning o‘yin vaqtiga ta’sir qiladi. Lekin Dansoning hali ham safga qaytmagani oqibatida 20 yoshli o‘zbek futbolchisi “Lion”ga qarshi bellashuvda himoya chizig‘iga etakchilik qilishi kutilmoqda.

Bu bahsda Husanov bir necha haftadan beri davom etib kelayotgan o‘zi haqidagi yaxshi taassurotlarni davom ettirib, yana ishonchli o‘yin namoyish qilishi kerak.

FRANCELIVE.FR:  

Abduqodir Husanov “Lans” boshlang‘ich tarkibidan mustahkam o‘rin egallashga harakat qilmoqda. Hozircha, o‘zbek futbolchisi jamoadoshi Kevin Dansoning birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. “Roma”ning tibbiy ko‘rigidan o‘tolmagan avstriyalik himoyachi hali jamoaga qo‘shilmagan va shu bois, “Lion” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda yana Husanov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi.

Shunday bo‘lsa-da, bosh murabbiy Uill Still jamoada hech kimning joyi kafolatmaganini bildirdi.

- Eng kuchlilar o‘ynaydi. Transfer oynasi juda foydali bo‘ldi. Jamoa ichida kuchli raqobat yuzaga keldi. Tanlov imkoniyati kengaydi. Bu yaxshi, albatta, - dedi Uill Still.

Qog‘ozda Husanov Kevin Danso, Fakundo Medina va Jonatan  Graditdan keyin to‘rtinchi markaziy himoyachi. Abduqodir mavsumni yuqori darajada boshlagani murabbiylar shtabi yil davomida undan ko‘proq foydalanishidan dalolat beradi.

20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 15 marotaba maydonga tushgan edi. O‘sha o‘yinlar u nimalarga qodirligini namoyish qila olgan. Yangi mavsumda avgustdan beri beshta uchrashuvda qatnashib ulgardi. U sekin-asta jamoaga singib bormoqda.

“Lans” va “Lion” o‘rtasidagi uchrashuv 15 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Taqdir Shomurodov bilan bir hazillashgan ekan...

Noxush xabar: Mashhur legionerimiz jiddiy jarohat oldi, sabr va shifo tilaymiz!

Fayzullaev xavotirga sola boshladi...

Legionerimizning yangi jamoasi “Chelsi”ni ortda qoldirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!