O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun muhim xabar

  • 9 iyul, 2021, 14:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 8-turdan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda "Nasaf" o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qiladi.

Qashqadaryo derbisi soat 20:00da boshlanadi. Muborakliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, nafaqat mazkur uchrashuvga, balki Superliga o‘yinlariga ma’lum vaqtga qadar muxlislar kiritilmaydi.

- O‘zingizga ma’lum, yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashib bormoqda. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat engillashmaguncha futbol uchrashuvlariga muxlislar kiritilmaydi. Shuningdek, bugun bo‘lib o‘tadigan "Nasaf" - "Mash’al" uchrashuviga ham muxlislar kirtilmaydi.

Siz aziz muxlislardan karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘zngizni asrashingizni so‘rab qolamiz. Sizning sog‘ligingiz biz uchun muhim, - deya yozilgan klub rasmiy telegram sahifasida.

Hozircha, PFL rasmiy saytida bu borada ma’lumot berilmagan. Lekin tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi safihasida koronavirusning ko‘paygani tufayli shunday holat kuzatilishi mumkinligini bildirgandi.

"Nasaf" OFK kubogida qaysi bosqichgacha etib borishi mumkinligi, Superliga o‘yinlariga muxlislarning kiritilishi so‘roq ostida qolayotgani borasida - Diyor Imomxo‘jaev

IMG_1555

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!