O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nurmagomedovga qarshi ringga chiqadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik engilmas MMA jangchisi Omar Nurmagomedov (2-0) o‘zining navbatdagi jangini Moskvada “FIGHT NIGHTS GLOBAL 71” musobaqasi doirasida o‘tkazadi. Uning bu galgi raqibi o‘zbekistonlik Valisher Rahmonov bo‘ladi.

Jang engil vazn toifasida (61,2 kg) uch raund davom etadi.

alisher_rahmonov

Eslatib o‘tamiz, ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan Xabib Nurmagomedovning ukasi bo‘lgan Omar so‘nggi marta mart oyida “Fight Nights Global 62” turniri doirasida ringga ko‘tarilib ,qirg‘izistonlik Alim Isabaevni 2-raundda nokautga uchratgan edi.

Sportchi “FIGHT NIGHTS GLOBAL” promouterlik kompaniyasi bilan oltita jangga shartnoma imzolagan. Mazkur jang uning uchun ikkinchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!