O‘zbekistonlik MMA vakili Bishkekda jang qiladi

  • 23.12.2020 12:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

27 dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida MMA bo‘yicha turnir o‘tkaziladi. “Batyr Bashy” promousheni tomonidan tashkil qilinayotgan mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik Husniddin G‘aniev ham oktagonga ko‘tariladi.

O‘rta vazn (77-84 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimizning raqibi mezbonlar vakili Ibragim Anzorov bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Anzorov o‘zining debyut jangini o‘tkazadi. Hamyurtimiz esa, faoliyati mobaynida 4 ta jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan. Bir bora esa muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.

Ma’lumot uchun, Husniddin G‘aniev avvalgi janglarini MFC, RFCH 5, CAGE va FFC promoushenlarida o‘tkazgan.

Batr1  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!