O‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida WBC chempionining navbatdagi jang sanasi ma’lum

  • 10.05.2021 11:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yoshlar o‘rtasida WBC jahon chempionlik kamari sohibi  Ravshanbek Mahammatjonovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Professional boksning birinchi o‘rta vazn ( 69,853) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz 15 iyun kuni AQShda ringga ko‘tariladi.

Hozircha raqib kim bo‘lishi aniq emas, bu borada ham tez orada oydinlik kiritiladi.

Yurtdoshimiz hozirgi kunga qadar, 12 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini 8 marotaba muddatidan avval taslim etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!