
Parij, Marsel va Frantsiyaning yana 4 ta shahri jahon chempionatiga boykot e’lon qildi
Frantsiyaning oltita shahri Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatiga boykot e’lon qildi, deya xabar bermoqda "Ge.globo" nashri.
Manbaga ko‘ra, Frantsiyaning oltita shahri: Parij, Marsel, Lill, Stratsburg, Reyms va Bordo jahon chempionati uchun tadbirlar tashkil qilmaydi. Bu qaror shahar rahbarlarining 2022 yilgi jahon chempionati mezbon davlati sifatida Qatarga qarshi noroziligi edi.
Ma’lumot o‘rnida, JCh-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Frantsiya “D” guruhida Avstraliya, Daniya va Tunis terma jamoalari bilan o‘ynaydi.
Fikrlar