"Parij-2024". Avstraliya - O‘zbekiston bahsida anshlag bo‘lishi kutilmoqda
"Parij-2024" Olimpiada saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Avstraliya ayollar terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Afsuski, unda vakilalarimiz yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Mehmonlar safida gollarga Xeyman, Favler va Ford mualliflik qildi. Mazkur uch gol raqiblarimizga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 28 fevral sanasida Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan va o‘z bag‘riga 53 359 nafar muxlisni sig‘dira oladigan "Doklends" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu o‘yinga 50 mingdan ziyod chipta sotib bo‘lingan.

Fikrlar