Parij Olimpiadasida yana katta o‘g‘rilik bo‘ldi

  • 7 avgust, 2024, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya poytaxti mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida turli ko‘ngilsizliklar ham ro‘y berayotgani sir emas.

Olimpiadaning ilk kunlarida futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi a’zosi Tyago Almada va taniqli murabbiy Zikoning qimmatbaho buyumlari, pullari o‘g‘rilangan edi.

Bu gal badmindon bo‘yicha Indoneziya terma jamoasi menejeri Armandu Darmadjining ichida bank kartalari, sportchilarning hujjatlari va naqd ko‘rinishda 62 ming AQSh dollari bo‘lgan sumkasi o‘marib ketilgan.

Manbaga ko‘ra, sumka Parij shahrida mashinadan o‘marilgan. Ma’lum qilinishicha, Armunda Darmajining o‘zi hamkasbi Puspa Iravati bilan mashina ichida bo‘lgan. Noma’lum shaxs avvaliga mashina g‘ildiragi damini chiqarib yuborgan.

Darmadji shinani tekshirishtirishga ketgan, Iravati yaqindagi do‘konga kirgan. O‘g‘rilik aynan o‘sha paytda sodir etilgan. Menejerlar mashinaga qaytganida ichidagi sumka yo‘qligini sezib qolgan.

O‘g‘rlik haqida tegishli organlarga xabar berilgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
08/08/2024 11:03
Угрилар хам Олипиадага чикишибдида