
«Paxtakor-79» jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv yilning eng muhim 50 tadbiri qatoridan joy oldi
O‘tgan yili o‘sha jamoani yodga olish maqsadida ishlangan "Samoda abadiy qolgan yulduzlar" badiiy-hujjatli filmi namoyish etildi. Uni nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham ko‘plab insonlar tomosha qildi.
Toshkentda "Paxtakor-79" nomli ko‘cha paydo bo‘ldi. Jamoat transportlari, metro, shahar ko‘chalarida afsonaviy jamoaga bag‘ishlangan bannerlar joylashtirildi.
⚽️ 11 avgust kuni "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va sobiq SSSR yulduzlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakatimizning barcha viloyatlarida, Rossiyaning Petropavlovsk, Nijnevartovsk, Lipetsk shaharlari, shuningdek, AQShda bolalar va faxriylar o‘rtasida o‘sha jamoa xotirasiga bag‘ishlangan turnir hamda o‘yinlar tashkil qilindi.
Milliy telekanallar, Gruziya, Ukraina, Rossiya va Qozog‘iston televidenielarida tadbirga bag‘ishlangan ko‘rsatuv hamda lavhalar namoyish etildi.
Bular e’tiborsiz qolmadi va Myday Special jurnali tomonidan san’at, madaniyat, sport va biznes, turli soha vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, yilning eng muhim 50 voqeasi qatoridan o‘rin oldi.
Myday Special jurnalining yakuniy soni taqdimotiga "Paxtakor" FK boshg direktori Dmitriy Adisman tashrif buyurdi. Unga esa jurnal tahririyati minnatdorchilik sifatida maxsus sonni taqdim etishdi.
Fikrlar